Avvalroq, "Tottenxem" hujumchini ortga qaytarish haqida jiddiy o'ylayotgani xabar qilingandi.
Malumotlarga ko'ra, forvardning shartnomasidagi klausula bir yil ichida 67 mln funt sterlingdan 54 mln funt sterlinggacha tushadi.
Bundan tashqari, "Tottenxem" Keyn uchun "aukcionda" ustunlikka ega. Londonliklar istalgan ehtimoliy xaridor taklif qilgan summani takrorlasa, birinchi sotib olish imkoniyatiga ega.
Eslatib o'tamiz, Bundesliganing 18 o'yinida 19 ta gol urgan (+7 ta assist) Keyn chempionat to'purari hisoblanadi.