SportUz.Net

"Manchester Siti" Sterlingga Ispaniyadan o'rinbosar topdi

16.06.2021 14:25    


Rasmni yuklab olish

"Real Sosedad" forvardi Mikel Oyarsabal faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

24 yoshli ispaniyalik hujumchiga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. "SHaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola shaxsan Oyarsabalning xarid qilinishini xohlamoqda.

Mikel yozgi transfer oynasida klubdan ketishi mumkin bo'lgan Rahim Sterlingga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.

Oyarsabal o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 43ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 10ta assist qayd etdi. O'yinchining shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: