SportUz.Net
photo photo

"Milan" Jiruni o'z safiga qo'shib olmoqchi

10.06.2021 20:25    


Rasmni yuklab olish

Franciya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru yozda "Milan"ga o'tishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda, tomonlar ikki yillik shartnomaning yakuniy tafsilotlari ustida ishlashmoqda.

Qayd etish kerakki, "rossonerilar" 34 yoshli francuzni tekinga qo'lga kiritishmoqchi. Futbolchida "CHelsi" bilan kelishuv bor, unga ko'ra Jiru erkin agentga aylanishi mumkin.

Futbolchi bu oy boshida "CHelsi" bilan 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Jiru 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: