JCH saralash ikkinchi bosqichdagi raqiblarimizdan biri Falastin terma jamoasi kecha tunda Ar Riyod shahriga etib bordi. Qirol Holid Xalqaro aeroportida falastinlik futbolchilar tantanali ravishda kutib olindi. Terma jamoa Saudiya poytaxtiga 17 nafar o'yinchi bilan keldi, qolganlar esa endi etib kelishadi. Xususan, yaqindagina yakuniga etgan OFK Kubogi-2021 guruh bosqichida ishtirok etgan "Merkaz Balata" va "SHabab Al Amari" klublaridagi terma jamoa azolari ham tarkibga keyinroq qo'shilishadi.
Eslatib o'tamiz, Falastin terma jamoasi Ar Riyodda ikkita o'yin o'tkazadi. Bular 3 iyun sanasida Singapurga va 15 iyun kuni Yamanga qarshi.